Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev
Jadid

Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev

1896 1938
Biografiyasi

Fayzulla Xoʻjayev Buxoro shahrida savdogar oilasida tugʻilgan. Buxoro madrasasida 2 yil tahsil olgach, 1907-1912-yillarda Moskvada xususiy maktabda oʻqigan. Buxoroga qaytgach, 1912-yildan “Yosh buxoroliklar” partiyasining, 1913-yildan partiya Markaziy Qoʻmitasining aʼzosi boʻldi. Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, “Yosh buxoroliklar” siyosiy faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlashga sarfladi. 1917-yildan boshlab Fayzulla Xoʻjayev va Fitrat partiyaning soʻl qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, soʻngra demokratik respublika tuzish uchun kurashdilar. “Yosh buxoroliklar” Buxoro amiri tomonidan taʼqib qilingach, Xoʻjayev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur boʻlishdi. Xoʻjayev 1920-yil yanvarda Toshkentda tuzilgan inqilobchi “Yosh buxoroliklar” partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, “Uchqun” gazetasining muharriri (1920-yil aprel-sentabr). 1920-yil 14 sentabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati – Xalq Nozirlar Shoʻrosi tuzilib, Xoʻjayev hukumat boshligʻi qilib saylandi. BXSR tashqi ishlar noziri (1920-22), harbiy ishlar noziri (1921-24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR Mehnat va mudofaa kengashi raisi (1922-24). Shuningdek, Sharqiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923-24), SSSR Harbiy Dengiz ishlari xalq komissarligining Oʻzbekiston SSR boʻyicha rasmiy vakili (1925-yildan).

AI yordamchi
Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev haqida savol bering
Assalomu alaykum! Men Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev haqida savollaringizga javob beraman. Nimani bilmoqchisiz?

Asarlari

Ushbu jadid uchun hali asarlar qo'shilmagan.