Abdulqodir Muhitdinov (1892–1934) — Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, siyosat va davlat arbobi. Dastlab Buxoroda, keyinchalik Istanbul madrasasida tahsil olgan.
U 1910-yildan matbuotda maqolalar yozib, “Yosh buxoroliklar” harakatida faol qatnashgan. 1920–1924-yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasida turli yuqori lavozimlarda, jumladan Inqilobiy qo‘mita raisi, qishloq xo‘jaligi, savdo va sanoat noziri hamda Iqtisodiy Kengash raisi lavozimlarida ishlagan.
1925–1929-yillarda Tojikiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi bo‘lgan. U Buxoroning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini qo‘llab-quvvatlagan.
1933-yilda hibsga olinib, sovet rejimi tomonidan “burjua millatchisi” deb ayblangan va 1934-yilda qatl etilgan.