Hoji Muin (1883–1942) — Samarqandlik jadid ma’rifatparvari, shoir, jurnalist va dramaturg. U 1901-yilda haj safaridan qaytgach maktab ochib, dastlab eski, keyinchalik yangi usulda ta’lim bergan.
1908-yilda “Rahnamoi savod” alifbe darsligini yaratgan. “Samarqand”, “Oyna”, “Hurriyat”, “Zarafshon” kabi gazeta va jurnallarda faoliyat yuritib, ma’rifatparvarlik ruhidagi maqola va she’rlar yozgan.
U “Guldastai adabiyot”, “Yangi adabiyot” to‘plamlarini nashr ettirgan, Fitratning “Munozara” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “To‘y”, “Eski maktab — yangi maktab”, “Ko‘knori”, “Mazluma xotin” kabi pyesalar yozgan.
1938-yilda nohaq hibsga olinib, 1942-yilda Solikamskda vafot etgan.